Siyosat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari fuqarolarning oʻzaro sayohat qilish shartlarini yangilashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Zakon.kz tegishli kelishuvga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha bayonnoma loyihasiga tayanib.
Bayonnoma loyihasida aytilishicha, bir tomon davlati fuqarosi doimiy yashash joyidan qatʼi nazar, ularning boʻlib turish muddati davlat chegarasidan kesib oʻtgan vaqtdan boshlab 30 kundan oshmasa, ikkinchi tomon davlatiga kirishi, chiqishi, tranzit oʻtishi, harakatlanishi mumkin.
Hozirda har ikki davlat fuqarolari boshqa davlat hududida roʻyxatdan oʻtmasdan bor-yoʻgʻi besh kun qolishlari mumkin, deya qayd etadi nashr.
Agar bir davlat fuqarosi boshqa davlatda 30 kalendar kundan ortiq muddatga qoladigan boʻlsa, u vakolatli organlardan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishga majbur.
Bayonnoma loyihasi muhokamalari 12-dekabrga qadar davom etadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
112295
Jamiyat
94972
Jamiyat
91093
Jamiyat
75856
Jamiyat
//
Izoh yo‘q