Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi

Saqlash
17:47 / 30.11.2022 985 0

Namangan xalqaro aeroportida koʻrinishning yomonligi (200 m) — qalin tuman tufayli reyslarni qabul qilish va joʻnatish vaqtincha cheklandi.

 

Ikkita reys muqobil aerodromlarga yuborilgan. Xususan, noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Krasnoyarsk — Namangan yoʻnalishi boʻyicha HY9824 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:23 da Toshkent aeroportiga qoʻndi. Ob-havo yaxshilanishi, yaqin vaqtda bilan Toshkentdan Namanganga, u yerdan esa Ufaga uchish kutilmoqda.

 

Red Wings aviakompaniyasining Yekaterinburgdan Namanganga uchayotgan WZ1127 reysi esa soat 09:47 da Fargʻonaga qoʻndi.

 

HY9858/073 Ufa — Namangan — Buxoro (taxminiy kelish vaqti — 14:30), HY74/47 Buxoro — Namangan — Samarqand (kelish — 19:05), HY48 Samarqand — Namangan (kelish vaqti — 23:00) reyslari ham ob-havo sharoiti tufayli kechiktirilishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//