
Jamiyat
Qarshi davlat universiteti huzurida Imom Nasafiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
Hujjat loyihasiga koʻra, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
Abu Muin Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Abul Barakot Nasafiy kabi allomalarning hayoti va ilmiy merosi, xususan, ularning asarlarida kelgan milliy hamda diniy qadriyatlarni xalqchil, ilmiy-ommabop va sodda tilda jamoatchilikka yetkazish;
Nasaf va Kesh allomalarining ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy merosini tadqiq etish orqali ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan bebaho hissasini koʻrsatish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli matnlari va tarjimalarini nashr etish, ushbu mavzularga doir tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish;
tafsir, hadis, fiqh, kalom, tasavvuf kabi islom ilmlari, shuningdek, moturidiylik taʼlimoti va hanafiylik mazhabi ravnaqida oʻziga xos ahamiyat kasb etgan Nasaf ilmiy maktablari faoliyatini oʻrganish hamda ularning jamiyat barqarorligini taʼminlashdagi oʻrnini ochib berish;
Oʻzbekiston va jahon qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan nasaflik olimlarning qoʻlyozma hamda toshbosma asarlarini aniqlash, katalogini tuzish, ularning asl va elektron nusxalarini jamlash;
Abu Muin Nasafiyning aqida va kalom ilmi rivojida tutgan oʻrni, uning yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalariga qarshi kurashda qoʻllagan uslublarini oʻrganish hamda shu asosda islom dinining maʼrifiy mohiyatini ochib berish;
Nasaf vohasi ilmiy-maʼnaviy muhiti, uning islom sivilizatsiyasi ravnaqida tutgan oʻrni hamda bugungi kundagi amaliy ahamiyati yuzasidan anjuman, simpozium, konferensiya, koʻrgazma, hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.
Shuningdek, 2023–2024-yillarda nasaflik olimlar hayoti va ilmiy merosiga oid ensiklopediya tayyorlash va nashr etish hamda ular haqida badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q