Jamiyat
29-noyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasida respublikadagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar oʻrtasida “Yil imomi–2022” koʻrik tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan imom-xatiblar bellashdi.
Musobaqaning respublika bosqichi qatnashchilari tafsir, aqoid, fiqh, islom tarixi, hadis ilmlari, Movarounnahr allomalari hayoti va ijodiga oid savollarga javob berishdi hamda oʻz faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlarini taqdim qilishdi.
Tanlovda 1-oʻrinni Andijon viloyati Andijon shahridagi “Gʻishtli” jome masjidi imom-xatibi Botirjon domla Tojiboyev qoʻlga kiritdi. Unga I darajali diplom va Haj safari yoʻllanmasi taqdim etildi.
2-oʻrin sohibi Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Eshon bobo” jome masjidi imom-xatibi Ibodullo domla Usmonovga II darajali diplom va Umra safari yoʻllanmasi berildi. 3-oʻrin Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Islom Nuri” jome masjidi imom-xatibi Ahadxon domla Sobirovga III darajali diplom va 10 mln 500 ming soʻm pul mukofoti topshirildi.
Maʼlumot uchun, respublikada 2 116 ta masjid faoliyat yuritadi. Joriy yilda shu vaqtga qadar 12 ta yangi masjid davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, moʻmin-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. Ayni kunlarda mamlakatda 325 ta masjid qaytadan qurilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q