Jamiyat
Toshkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIBB xodimi oʻldirib ketildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 30-noyabr kuni soat 00:50 larda Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov tumanning “Gʻalaba” mahallasiga tezkor chaqiruv boʻyicha yetib borib, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan, 1992-yilda tugʻilgan fuqaro B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.
Bobomurotov voqea joyida vafot etgan. Uning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Xabarda voqea tafsilotlari toʻliq oʻrganilgandan soʻng qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111975
Jamiyat
94702
Jamiyat
90708
Jamiyat
75476
Jamiyat
//
Izoh yo‘q