Oʻzbekistonda bir kunda 140 dan oshiq kishida koronavirus aniqlandi

Saqlash
15:48 / 30.11.2022 938 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi axborotiga koʻra, 2022-yil 29-noyabr holatiga Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 141 nafarni tashkil etgan.

 

Yangi kasallanish holatlarining:

 

1 nafari Andijon viloyatida,

10 nafari Buxoro viloyatida,

5 nafari Jizzax viloyatida,

3 nafari Navoiy viloyatida,

8 nafari Namangan viloyatida,

11 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Sirdaryo viloyatida,

3 nafari Surxondaryo viloyatida,

3 nafari Fargʻona viloyatida,

1 nafari Xorazm viloyatida,

18 nafari Toshkent viloyatida,

76 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

 

Qayd etish kerak, 28-noyabrda ketma-ket 3 kunlik oʻsishdan keyin koronavirusga chalinish holatlari biroz pasaygandi — 131 nafar. 25-noyabrdan 27-noyabrgacha boʻlgan muddatda esa mazkur statistikada faqat oʻsish kuzatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//