Boburning xos tabibi yozgan tibbiy risola nashr etildi

Saqlash
15:33 / 30.11.2022 1225 0

"Fan ziyosi" nashriyoti XVI asrning ko‘zga ko‘ringan yetuk shoiri va mohir tabibi Yusufiyning Boburga bag‘ishlangan "Sog‘liqni saqlash haqida qasida" nomli tibbiy risolasini nashr etdi.

 

Risola "Podsho Boburki bor" nomi bilan chop etilib, uning tarjimasi, tabdili, izohi va lug‘atlari tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy tomonidan tayyorlandi. Kitob so‘zboshisi ham ushbu olimga tegishli. 

 

Ma’lumot uchun, madaniyat tarixida katta iz qoldirgan Yusufiy ibn Muhammad ibn Yusuf at-tabib al-Haraviy tabobat, falsafa, axloq, insho san’ati va lug‘atshunoslik bo‘yicha 21 asar muallifidir. Uning "Jomi’ ul-Favoid", boshqacha aytganda "Yusufiy tabobati" asari tabobat olamida juda mashhur.

 

Navoiy asos solgan Dorushshifoda tahsil ko‘rgan Yusufiy Boburning taklifi bilan Hindistonga borib, uning xos tabibi sifatida faoliyat yuritgan. Boburning o‘limidan keyin ham uning o‘g‘li Humoyun Mirzoning munshiysi vazifasini bajargan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//