Jamiyat
O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-oktabr oylari davomida 7 636 ta yo‘l-transport hodisasi (YTH) qayd etilib, ular oqibatida 7 174 kishi jarohatlangan, 1 931 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning 226 nafari bolalardir. Ushbu ma’lumotlar Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasida 29 noyar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qo‘mita raisi Qutbiddin Burhonov bolalar o‘limi bilan bog‘liq holat haqida to‘xtalarkan, jumladan, shunday dedi: «Bu holat barchamizda birdek tashvish uyg‘otadi. Biz 200 dan ziyod bolaning o‘limi haqida gapiryapmiz, vaholanki tinch zamonda bir nafar bolaning ham bu tarzda halok bo‘lishi — fojia».
Yig‘ilishda tuman (shahar)lar kesimida «Xavfsiz yo‘l» indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, «Umr tezlikdan muhimdir» va «Xavfsizlik kamari — hayot garovi» shiorlari ostida kompleks targ‘ibot va tashviqot ishlari tashkil etilganiga qaramay, o‘limga olib kelgan YTHlar soni kamaymayotgani ta’kidlab o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, butun 2021 yil davomida O‘zbekistonda 10 001 ta YTH yuz bergan bo‘lib, ushbu hodisalar oqibatida 9 230 kishi tan jarohati olgan, 2 426 kishi halok bo‘lgan. Mamlakatda 2019 va 2020 yillarda YTHlar oqibatida mos ravishda 1 915 va 1 962 kishi halok bo‘lgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q