Furqat tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani oʻz faoliyatini boshladi

Saqlash
21:18 / 29.11.2022 913 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida hududlar markazida namunaviy loyiha asosida maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish yuzasidan koʻrsatma berilgan edi. Bu borada tasdiqlangan tegishli qaror asosida esa 2021-2023-yillarda barpo etiladigan maskanlar manzilli roʻyxati tasdiqlandi. 

 

 

Fargʻona viloyatida oʻtgan davr mobaynida 9  ta hududda zamonaviy Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari tashkil etildi. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, Furqat tumanida ham ana shunday maskan foydalanishga topshirildi.

 

 

Maskanda turli tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar, ijodkorlar uchun xona ajratilgan. 

 

Maʼnaviyat maskanining ochilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, tuman hokimi Jahongir Jumanov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov, faxriy ustozlar, yoshlar, ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda bu kabi qulaylik va imkoniyatlar maʼnaviy-maʼrifiy sohani yangi bosqichga olib chiqishi, ijodkor yoshlar uchun muloqot maydoni boʻlishi taʼkidlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//