Siyosat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, Oʻzbekiston aholisi isteʼmol qiladigan kunlik tuz miqdori tashkilot tavsiya qilgan meʼyorlardan uch baravar yuqoriligi maʼlum boʻldi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda xabar berildi.
Qayd etilishicha, tadqiqot Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda 18-64 yoshli aholi orasida oʻtkazilgan. Unga koʻra, har kuni aholining uchdan bir qismi (33 foiz) yetarli miqdor (400 grammdan kam) da sabzavot va mevalar isteʼmol qilmaydi; aholining yarmi – ogʻir vaznli, 20 foizi – semiz; 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan; aholining oʻrtacha tuz isteʼmoli – kuniga 14,9 grammni tashkil etadi, bu JSST tomonidan tavsiya etilgan miqdordan (kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak) 3 baravar koʻp.
Aholi orasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari va guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish borasida hududlarga 1007 nafar mutaxasiss biriktirilgan. Ishchi guruhlar 1150 ta reyd oʻtkazib, 149 marotaba bozorlarda, 375 ta umumiy ovqatlanish korxonasida, 597 ta savdo doʻkonida va 142 ta oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonasida oʻrganishlar oʻtkazilgan. Aniqlangan kamchilar yuzasidan 228 nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilib, sifatsiz deb topilgan 36 475 kilogramm yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi taqiqlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q