Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida uch tomonlama ittifoq tuzilishi mumkin

Saqlash
17:32 / 29.11.2022 1086 0

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning oʻziga xos uch tomonlama ittifoqini tashkil etish taklifini qoʻllab-quvvatladi.

 

Bundan tashqari ikki davlat rahbari gaz sohasidagi muammolarga yechim topishga kelishib olishdi.

 

“Ha, qoʻshimcha muvofiqlashtirishni va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor. Xususan, gap gaz sektori haqida ketyapti. Lekin biz qandaydir masalani dramalashtirmayapmiz. Men Vladimir Vladimirovichga shunday masalalar borligini aytdim, ular muhokama talab qiladi, lekin mutlaqo dramatizatsiyani emas. Bu ish yuzasidan boʻladigan masalalar”, - dedi Qozogʻiston Prezidenti.

 

Davlat rahbari bu soʻzlarni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan Kremlda Rossiya-Qozogʻiston oliy darajadagi muzokaralaridan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuvda aytgan.

 

Toʻqayev tegishli kelishuvlarga erishamiz deb ishonch bildirdi.

 

“Bundan tashqari, bugun Vladimir Vladimirovich qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzishimiz kerakligini aytdi va u Oʻzbekiston prezidentiga qoʻngʻiroq qilmoqchi”, – dedi Toʻqayev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//