Jamiyat
Ketma-ket 3 kunlik oʻsishdan keyin Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish holatlari biroz pasaydi.
Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 2022-yil 28-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 131 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Jizzax viloyatida,
12 nafari Namangan viloyatida,
15 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Fargʻona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
14 nafari Toshkent viloyatida,
81 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Qayd etish kerak, 25-noyabrdan 27-noyabrgacha boʻlgan muddatda mazkur statistikada faqat oʻsish kuzatilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q