Oʻzbekistonda ilk marta chiqindidan qattiq yoqilgʻi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

Saqlash
15:16 / 29.11.2022 1044 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida chiqindi mahsulotlaridan qattiq yoqilgʻi (pellet) ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

 

Energetika vazirligiga koʻra, uning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi. Zavod ishga tushishi natijasida 20 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

 

Muqobil yoqilgʻi turlaridan biri hisoblangan mazkur qattiq yoqilgʻi mahsulotidan xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini isitishda foydalaniladi.

 

 

Pellet – turli xil don ekinlarining somoni, makkajoʻxori poyasi, deyarli barcha oʻsimliklarning ildizlari va barglari, yogʻochni qayta ishlashdan chiqqan chiqindilar hamda maishiy chiqindilardan tayyorlanadi.

 

Zavod Energetika vazirligi va Koreya energetika agentligining hamkorlikdagi navbatdagi loyihasi boʻlib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot respublikada muqobil yoqilgʻi turini rivojlantirishga va energiya resurslarini tejashga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//