Jamiyat
“Oʻzgidromet” markazining xabar berishicha, 29−30-noyabr va 1-dekabr kunlari A-373 “Toshkent — Oʻsh” avtoyoʻlining Qamchiq dovoni hududida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 17−20 m/s gacha kuchayishi, avtoyoʻlda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron tumani, Boʻstonliq tumanidagi Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlari tabiiy hududi boʻylab qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda kuzning oxirgi kunlari ob-havo salqin va yomgʻirli boʻlishi kutilmoqda. Yogʻingarchilik dushanbadan boshlanadi. 29−30-noyabr kunlari hududlarda yomgʻir kuchayib, qishning dastlabki kunlarida qorga aylanadi. Hafta oxiriga kelib havo harorati kechasi -5 darajagacha, kunduzi +5 darajagacha pasayadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112333
Jamiyat
95006
Jamiyat
91148
Jamiyat
75891
Jamiyat
//
Izoh yo‘q