Jamiyat
O‘zbekiston milliy qonunchiligida 2022-yil 1-dekabrdan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Korporativ munosabatlar sohasidagi qoidalar soddalashtirilmoqda
«Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori bilan 1 dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida qator talablar bekor qilinadi. Xususan, quyidagi tashkilotlarda ichki audit xizmatini tashkil etish:
– MCHJlarda (aktivlarining balans qiymati BHMning 100 000 baravaridan ko‘p bo‘lgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan MCHJlar, shuningdek kredit tashkilotlaridan tashqari);
– aktivlarining balans qiymati BHMning 100 000 baravaridan kam bo‘lgan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan AJ va DUKlarda;
– MCHJ ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
– MCHJning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
– MCHJ tashkil etilganda zahira jamg‘armasini ustav fondning kamida 15 foiz etib belgilash.
Uy-joy uchun subsidiya olish uchun berilgan arizalarni ko‘rib chiqish tartibi o‘zgarmoqda
Xususan:
– subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyalar tarkibidan Yoshlar ishlari agentligining bo‘lim boshlig‘i va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori chiqarilmoqda;
– subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining bo‘limlari va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinmoqda;
– mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
YPX postlarida bosqichma-bosqich «yashil» va «qizil» yo‘lak tizimi joriy etiladi
1-dekabrdan boshlab «yashil» va «qizil» yo‘lak tamoyili Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan «Namangan» yo‘l-patrul xizmati stasionar postlarida joriy etiladi. Keyinchalik esa tizim bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati stasionar postlarida joriy etiladi.
Haydovchilarga jarima ballarini hisoblash boshlanadi
Quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:
– har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
– hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
– muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
«Yoshlar forumi» doirasida ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi
Har yili an’anaviy tarzda 30 iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni hamda dekabr oyida o‘tkaziladigan «Yoshlar forumi» doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi:
– birinchi bosqichda — ko‘chalararo mahalla musobaqalari;
– ikkinchi bosqichda — mahallalararo sektor musobaqalari;
– uchinchi bosqichda — sektor musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
– to‘rtinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari g‘olib mahalla jamoalari o‘rtasida viloyat musobaqalari;
– beshinchi bosqichda — viloyat musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida respublika (final) musobaqalari.
Fuqarolarni Mobil-ID tizimiga bepul identifikasiya qilish davri yakunlanadi
Bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikasiya qilish 2022 yil 31 dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q