Jamiyat
28-noyabr kuni Nukusda sodir boʻlgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi koʻrib chiqilmoqda.
Nukus voqealari boʻyicha boʻlib oʻtayotgan sudda asosiy aybdor Dauletmurat Tajimuratov “qalbining tozaligini isbotlash uchun” Qurʼoni Karimni keltirishni soʻragan. Sud bu kabi yuridik mexanizm qonunchilikda mavjud emasligi uchun uning soʻrovini rad etgan.
Shuningdek, Tajimuratov sodir etilgan holatga guvoh boʻlgan fuqarolarni ham sud ishiga taklif qilinishini soʻradi. Uning bu iltimosi inobatga olindi va asosiy guvohlar soʻroq qilingach, qoʻshimcha guvohlar soʻroq qilinishi belgilandi.
Qayd etish kerak, Nukus voqealarida ayblanayotganlar orasida IIB mulozimi ham bor.
Ayblov xulosasiga koʻra, Nukus shahridagi tartibsizliklar natijasida 6 mlrd 681 mln 247 ming 508 soʻm moddiy zarar yetkazilgani maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q