Jamiyat
28-noyabr kuni Buxoro viloyati sudida Nukusda sodir boʻlgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini koʻrib chiqish boshlandi.
Ish birinchi instansiya sudi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Y. Abibullayev raisligida koʻrilmoqda.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra, quyidagi sudlanuvchilar ayblanmoqda:
Dauletmurat Tajimuratov (1979-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “El xizmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “El xizmetinde” gazetasi bosh muharriri boʻlib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;
Lolagul Qallixanova (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Makan” internet-nashri maʼmuri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;
Azamat Turdanov (1984-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;
Axmet Smetullayev (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Chimboy tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiysi) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;
Daoʻletmurat Jiyemuratov (1984-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Qoraoʻzak Sahib” MCHJ direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;
Baxtiyar Kadirbergenov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ayama” veb-sayti maʼmuri, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida;
Bayram Seytniyazov (1967-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;
Allabay Toqimbetov (1973-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, norasmiy tarzda imomlik bilan shugʻullangan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Qaharman Seytimov (1972-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, tadbirkor) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Azamat Nuratdinov (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Moʻynoq tumanidagi 9-maktab oʻqituvchisi, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;
Seydabulla Medetov (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, “Keleshek ushun” fermer xoʻjaligi rahbari) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;
Nurlan Nayipov (1968-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, nafaqaxoʻr) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida;
Polat Shamshetov (1977-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boʻlimi boshligʻi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Razbek Bekmuratov (1992-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat universiteti oʻqituvchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida;
Sultanbek Kaipov (1992-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida;
Berdax Genjebayev (1996-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandida;
Salamat Kalilayev (1976-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Polat Nurniyazov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Sada-Mars” MCHJ ombor mudiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Saiipnazar Kalimov (1980-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, YATMF bilan shugʻullanadi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Nurlan Sultamuratov (1998-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Arislan Temirxanov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ustyurt geofizika” korxonasi qoʻriqchisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Amirbek Adilbekov (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, sugʻurta kompaniyasi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sudlanuvchilarning, 20 nafariga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamogʻi” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllangan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q