Koronavirusga chalinish holatlari ketma-ket uchinchi kun oshdi

Saqlash
15:20 / 28.11.2022 922 0

Respublikada uch kundan beri koronavirusga chalinish holatlari oshib bormoqda.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 2022-yil 27-noyabr holatiga Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 137 nafarni tashkil etmoqda.

 

Yangi kasallanish holatlarining:

 

1 nafari Andijon viloyatida,

7 nafari Buxoro viloyatida,

4 nafari Jizzax viloyatida,

12 nafari Namangan viloyatida,

15 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Fargʻona viloyatida,

1 nafari Xorazm viloyatida,

14 nafari Toshkent viloyatida,

81 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

 

Qayd etish kerak, 25-noyabr kuni koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 nafar, 26-noyabr kuni esa 129 nafarni tashkil qilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//