Jamiyat
Ubaydulla Mingboyev Sudyalar assotsiatsiyasi raisligiga qayta saylandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
26-noyabr kuni Toshkentda Sudyalar assotsiatsiyasining VI syezdi boʻlib oʻtgan. Unda Sudyalar assotsiatsiyasi raisini saylash masalasi koʻrib chiqilgan va ushbu lavozimda faoliyat koʻrsatib kelgan Ubaydulla Mingboyev assotsiatsiya raisligiga qayta saylangan.
Bundan tashqari, 16 nafar Markaziy kengash, 3 nafar Taftish komissiyasi aʼzolari ham saylangan. Assotsiatsiya ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasi ham koʻrib chiqilib, koʻpchilik ovoz bilan maʼqullangan.
1997-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston sudyalari assotsiatsiyasi sudyalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, sud hokimiyatining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94830
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q