Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklar boʻyicha 22 kishi ayblanmoqda. Ertaga sud boshlanadi

Saqlash
23:17 / 27.11.2022 1243 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi 2022-yil 1—2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

 

2022-yil 28-noyabr kuni soat 10:00 da Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

 

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Y. Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqiladi.

 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Jiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamogʻi” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

 

Sud jarayoni ochiq tarzda oʻtkazilishi, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishga moʻljallangani hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgani qoʻshimcha qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//