Madaniyat
26-noyabr kuni Toshkentdagi “Navroʻz” bogʻida chet ellik juftlikning toʻyi boʻlib oʻtdi.
Bogʻ xodimi Mohira Sultonovaning feysbukdagi sahifasida yozishicha, italiyalik Salvo rossiyalik Marina ismli qizga uylangan.
“Mahvash choyxonamizda ajoyib tadbir — italiyalik Salvo va moskvalik Marinaning nikoh toʻyi boʻlib oʻtdi. Eslasangiz, shu yil Navroʻz kuni “Sumalak” saylida bir guruh feysbukdosh ayollar oʻzaro adabiy kecha oʻtkazib, Qodiriyning “Oʻtkan kunlari”dan qadimiy toʻy oqshomini tasvirlagandik va oʻshanda Salvoni ramziy kuyov oʻrniga oʻtkazgan edik. Buni qarangki, oʻsha kechadagi oʻzbekona milliy rux, goʻzal anʼanalarimizdan taʼsirlangan Salvo mana shu milliy shukuhni yana takrorlashni, ammo bu gal endi oʻzining haqiqiy nikoh toʻyini oʻtkazishni niyat qilibdi. Biz bajonidil bu ikki yoshni orzusini amalga oshirdik va milliy hovlimizda shiringina oʻzbekona toʻychani oʻtkazib berdik. Foto va videolardan kelin kuyovning qanchalik xursandligini koʻrsangiz boʻladi”, — deb yozadi Mohira Sultonova.
Qayd etish kerak, avvalroq moskvalik juftlik Chorsu bozorida toʻy fotosessiyasini oʻtkazgandi. Ularning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda juda mashhur boʻldi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q