Oʻzbek adibi “Moskvaning oltin qalami” mukofotini qoʻlga kiritdi

Saqlash
17:18 / 26.11.2022 1847 0

Oʻzbek adibi Qoʻchqor Norqobil “Moskvaning oltin qalami” (“Золотое перо Москвы”) 2-Xalqaro festivalida nasr yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

 

Adib “Daryo ortidagi yigʻi” (1994), “Oʻn sakkizga kirmagan men bor” (2002), “Kulib tur, azizim” (2005), “Quyoshni kim uygʻotadi?” singari nasriy hamda “Xosiyatli dunyo” (1992), “Kaftimdagi qizgʻaldoq” (1993) sheʼriy toʻplamlari bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan. A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov, S.Yesenin, Y.Yevtushenko kabi shoirlarning nasriy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Qoʻchqor Norqobil shu kabi koʻplab Xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritgan boʻlib, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi boʻlib AQSHning xalqaro “Jenima” mukofoti, Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi hamda Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Muqaddas Anna” (“Святая Анна”) ordeni va boshqa koʻplab xalqaro mukofotlar shular jumlasidan sanaladi.

 

Tailandning Bankok shahrida boʻlib oʻtgan Open Eurasian Literature Festival & Book Forum-2018 xalqaro adabiy festivali doirasidagi “Yevroosiyo ijodiy gildiyasi-2018” (OEBF) 7-xalqaro tanlovi gʻoliblari safidan joy olgan.

 

Bu galgi mukofot “Moskvaning oltin qalami” uchun hayʼat aʼzolari tomonidan “Aktyorning sevgisi” hikoyasi alohida eʼtirof etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//