Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari viloyatdagi yechimini kutayotgan ayrim masalalarga toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Viloyat iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligi taʼkidlandi. Tadbirkorlikni koʻproq rivojlantirish, boʻsh yotgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Navoiyda sanoatni yanada rivojlantirish uchun juda katta zaxira va imkoniyatlar boʻlgani bilan, ular toʻliq ishga solinmayotgani qayd etilgan.
Ishsiz yoshlar va yordamga muhtoj ayollar kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.
Qishloq xoʻjaligida mavjud salohiyat toʻliq ishga solinmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Navoiy hududida 8,5 million gektar yaylovlar boʻlgani bilan qoʻychilik va qorakoʻlchilik viloyatning drayveriga aylangani yoʻq.
Ijtimoiy sohada ham aholini qiynayotgan masalalar yetarli. Birgina “Tashabbusli byudjet” doirasida 326 ta mahalla tomonidan 2 ming 346 ta eng dolzarb muammo koʻtarilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q