Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda 24-noyabr kuni ertalab ikki kishi bir ayolga zoʻrlik ishlatib, mashinaga solib olib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.
Keyinchalik Toshkent shahar IIBB hodisa poytaxtda sodir boʻlgani va ayolni zoʻrlik bilan mashinaga tiqib olib ketganlardan biri uning eri, ikkinchisi ayolning qaynotasi ekanini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 2000-yilda tugʻilgan ayol bir nafar farzandini tashlab, Toshkent shahriga ketib qolgan. Shundan soʻng uning eri va qaynotasi ayolni topib kelishgan va kuch ishlatib uyga olib ketishgan.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam oʻgʻirlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q