Ўзбекистон шахмат терма жамоаси жаҳон чемпионатида финалга чиқди

Saqlash
10:11 / 25.11.2022 1525 0

Isroilning Quddus shahrida shaxmat boʻyicha milliy terma jamoalar oʻrtasida FIDE jahon chempionati oʻtkazilmoqda.

 

Oʻzbekiston terma jamoasi yarimfinalda Hindistonga qarshi dona surdi va 2 raund (2:2 va 2,5:1,5) yakuniga koʻra gʻalaba qozondi.

 

Oʻzbekistonlik shaxmatchilar endilikda 25-noyabr kuni hal qiluvchi bahsda Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

 

Oʻzbekiston jahon chempionatining guruh bosqichida AQSH (2,5:1.5), Isroil (2,5:1,5), Hindistonni (3,5:0,5) magʻlub etgandi, Polsha (2:2) bilan murosa yoʻlini tanlagan, Ozarboyjonga (1,5:2,5) esa imkoniyatni boy berib qoʻygandi.

 

Jamoa ushbu natijalar evaziga chorakfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Mazkur bosqichda Ukraina bilan bellashildi va 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga koʻra gʻalaba rasmiylashtirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish