Siyosat
24-noyabr kuni xorijiy davlatlarning Oʻzbekistonga yangi tayinlangan elchilari, xususan, Qirgʻiziston elchisi Musa Jamanbayev tomonidan ishonch yorliqlarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni samimiy qutlab, Oʻzbekistonda diplomatik missiyasini boshlagani bilan tabrikladi. Yangi elchilar vakillari boʻlgan davlatlar bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Qirgʻiziston elchisiga murojaat qilar ekan, Prezident oʻzbek va qardosh qirgʻiz xalqi tarixi va anʼanalari mushtarak boʻlgan yaqin qoʻshnilar ekanini qayd etdi. Prezidentning kelgusi oyda Qirgʻizistonga boʻlajak tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.
“Bugun davlatlar oʻrtasida ishonch va oʻzaro hurmatga asoslangan konstruktiv muloqot qaror topgan. Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning oʻtgan yili 11−12-mart kunlari Oʻzbekistonga davlat tashrifi munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochdi. Barcha dolzarb masalalar oʻz vaqtida, har ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda qardosh xalqlarimizning farovonligi yoʻlida hal etilmoqda. Ayniqsa, erishilgan kelishuvlar asosida chegara masalalari hal qilingani misli koʻrilmagan umumiy yutugʻimiz boʻldi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport, taʼlim va madaniy-gumanitar jabhalardagi aloqalar ham faollashib borayotgani, yil boshidan buyon mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash koʻrsatkichi 30 foizga oshib, 1 milliard dollarga yetgani qayd etildi.
“Mintaqaviy infratuzilma loyihalari, jumladan, Qambar-ota gidroelektr stansiyasi hamda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy temir yoʻli qurilishi boshlangani ham doʻst xalqlarimizning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi”, – deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q