Siyosat
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq, loyiha qiymati 218 mln yevroni tashkil etadi, shundan 154,5 mln yevro Fransiya gʻaznachiligi va Yevropa banklari, 64,3 mln yevro – Oʻzbekiston tomonidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan koʻrsatkichlar tasdiqlandi:
jismoniy shaxs boʻlgan isteʼmolchilarning barcha toifalari uchun ichimlik suv isteʼmolining nazorati va hisobini yuritish boʻyicha masofadan maʼlumot uzatuvchi 673 mingta “aqlli” suv hisoblagich oʻrnatish;
ichimlik suv taʼminoti tizimida suv yoʻqotishlarini 12 foizga kamaytirish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv taʼminoti bosh rejalarini ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirish doirasida hosil boʻladigan QQS summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, toʻlangan QQS summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2022-yilning 22-noyabridan kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q