Toshkent viloyatida qizlarni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi boʻlganlar 5 yilga qamaldi

Saqlash
15:42 / 24.11.2022 931 0

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashovchi erkak qarindoshi Jizzax viloyatida tugʻilgan, hozirda Nurafshon shahrida yashovchi, turmushidan ajrashgan K.T. (ayol) hamda xorijda yashovchi fuqaro (ayol) bilan kelishgan holda qizlarni fohishalik bilan shugʻullantirish uchun Indoneziyaga yuborishni reja qilgani aniqlandi.

 

Shu maqsadda xorijda yashovchi fuqaro (ayol) ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar qizni yollagan. Ular uchun aviachiptalar hamda tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, elektron shaklda R.S.ga yuboradi. Oʻz navbatida R.S. qizlarni Ohangaron shahrida kutib olib, oʻzining yashash xonadoniga olib keladi.

 

K.T. esa qizlarga xorijda nima ish bilan shugʻullanishlari boʻyicha tushunchalar beradi hamda aeroportda foydalanishlari uchun PZR test maʼlumotlarini qalbakilashtiradi. DXX va IIV xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ularning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi.

 

Holat yuzasidan R.S. va K.T.larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyatlari ishlari boʻyicha Mirobod tumani sudi tomonidan R.S. va K.T. Jinoyat kodeksining 25, 135 va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//