Oʻzbekistonda oktyabr oyida ijara narxi qanchaga oʻzgargani tahlil qilindi

Saqlash
21:40 / 23.11.2022 987 0

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2022-yil oktyabr oyida koʻchmas mulk bozoridagi vaziyatni tahlil qildi.

 

Unga koʻra, koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni oʻtgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 4,3 foizga oshgan. Yil boshidan buyon savdo hajmining eng yuqori oʻsish surʼatlari Jizzax – 42 foiz, Sirdaryo – 29 foiz viloyatlarida va Toshkent shahrida – 15 foiz kuzatilgan.

 

Oktyabr oyida oʻrtacha ijara narxi 17 foizga oshib, 1 kvadrat metr uchun 10,5 dollarni tashkil etdi, yil boshidan esa bu koʻrsatkich 43 foizdan ziyodga ortgan. Shuningdek, 2022-yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda 1 kvadrat metr uchun uy-joyning oʻrtacha narxi 11,4 foizga oshgan.

 

Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining oʻsishi 4,6 foizni (sentyabrda 1,7 foiz) tashkil etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//