Jamiyat
Toshkent metropolitenining yer usti halqa yoʻnalishini navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida THAY boʻylab “Qoʻyliq 1-mavzesi” soʻnggi bekati tomonga kirish yoʻli qismida qurilish-montaj ishlarini olib borilishi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi.
Shu munosabat bilan, 2022-yil 23-noyabr kunidan boshlab, mazkur koʻchalardan harakatlanuvchi 15-,119- va 185-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakatiga quyidagicha oʻzgartirish kiritildi:
– 15-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi - Doʻstlik metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati “Qoʻyliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Fargʻona yoʻli, Qoʻyliq Ota, THAY koʻchalari orqali “Qoʻyliq dehqon bozori” bekatigacha va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda;
– 119-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi – Yunusobod dehqon bozori” avtobus yoʻnalishining harakati THAY boʻylab “Qoʻyliq-4 mavzesi” bekatigacha uzaytirilgan holda;
– 185-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi – Barkamol mahallasi” avtobus yoʻnalishining harakati toʻgʻri yoʻnalishda “Qoʻyliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Fargʻona yoʻli, Qoʻyliq Ota, THAY koʻchalari orqali “Qoʻyliq dehqon bozori” bekatigacha va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda, qaytish yoʻnalishida Bektemir koʻchasidan Fargʻona yoʻli, Munis koʻchalari orqali “Qoʻyliq-1 mavzesi” bekatigacha tashkil etilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q