Jamiyat
Bugun, 23-noyabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari uchun tayyorlangan uslubiy qoʻllanmaning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimotda tashkilotchilar, uslubiy qoʻllanma mualliflari va oʻrta taʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari ishtirok etishdi. Yigʻilganlarga oʻquv-uslubiy qoʻllanma va undan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, uslubiy qoʻllanma va targʻibot faoliyatini takomillashtirish borasida o‘zaro fikr almashildi.
Taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, bugungi kun holatiga, respublika boʻyicha 10 130 ta maktabda 9992 nafar ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan tashkil etilgan 8592 ta toʻgaraklarga 103 ming nafardan ortiq oʻquvchilar jalb etilgan.
Bundan tashqari har bir hududda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarning oʻz telegram guruhlari yoki kanallari ochilgan. Hozirda ushbu guruhlardagi aʼzolari soni 9175 nafarni tashkil etadi. Ushbu guruhlarda kundalik yangiliklar, uslubiy yordamlar, oʻzaro tajriba almashish, kuniga 40-50 tadan ortiq OAVda yoritish kabi yoʻnalishlarda ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilda ilk marotaba Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida “Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha eng faol targʻibotchi” tanlovi tashkil etildi va unda 7 ming nafardan ziyod targʻibotchi ishtirok etdi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q