Jamiyat
Namangan viloyatining Pop tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida uch fuqaro halok boʻldi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 20-noyabr kuni soat 16:00 larda tumanning “Tinchlik” mahallasida yashovchi 51 yoshli E.T., voyaga yetmagan 6 yoshli nabirasi F.T. hamda mehmonga kelgan qaynonasi 74 yoshli D.Y. uyni isitish uchun oʻrnatilgan temirdan yasalgan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112098
Jamiyat
94782
Jamiyat
90818
Jamiyat
75622
Jamiyat
//
Izoh yo‘q