Sport
Isroilning Quddus shahrida shaxmat boʻyicha milliy terma jamoalar oʻrtasida FIDE jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Oʻzbekiston jamoasi guruh bosqichining soʻnggi turida Polsha bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Ushbu natija oʻzbekistonlik shaxmatchilarga B guruhida 1-oʻrin bilan chorakfinalga chiqish imkonini yaratdi.
Bungacha jamoa guruhda AQSH (2,5:1.5), Isroil (2,5:1,5) va Hindistonni (3,5:0,5) magʻlub etgandi. Ozarboyjonga esa 1,5:2,5 hisobida imkoniyat boy berib qoʻyilgandi.
Chorakfinalda Oʻzbekistonga Ukraina raqiblik qiladi. Oʻyinlar 23-noyabr kuni oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindorov, GM Jahongir Vohidov, GM Shamsiddin Vohidov, IM Abdumalik Abdusalimov va IM Ortiq Nigʻmatov himoya qilmoqda. Ularga niderlandiyalik Ivan Sokolov murabbiylik qilyapti.
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112527
Jamiyat
95186
Jamiyat
91644
Jamiyat
76148
Jamiyat
//
Izoh yo‘q