Siyosat
Xorazm viloyati Shovot tumani hokimi Odilbek Sa’dullayevich Ortiqov intizomiy jazoga tortildi. Unga “Hayfsan” berildi. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanov tomonidan kecha, 22-noyabr kuni imzolangan 364-12-0-F/22 sonli farmoyishda so‘z borgan.
Qayd etilishicha, tuman hokimi ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasdan, xizmat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari G‘.Sattorov zimmasiga yuklangan.
Intizomiy jazo chorasini qo‘llashga Xorazm viloyati prokuraturasining joriy yil 16-noyabrdagi intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarori va Odilbek Ortiqovning tushuntirish xati asos bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Odilbek Ortiqov joriy yilning mart oyidan buyon Shovot tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q