Turkiyada Jaloliddin Manguberdining ramziy maqbarasi quriladi

Saqlash
22:05 / 22.11.2022 1171 0

Xorazm viloyati hokimligining tashabbusi bilan 8–15-noyabr kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyat boʻlimi, Jaloliddin Manguberdi fondi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Urganch davlat universiteti, Maʼmun universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida “Jaloliddin Manguberdi izidan” ilmiy-maʼrifiy ekspeditsiya tashkil etildi.

 

Ekspeditsiya aʼzolari Turkiyaning Istanbul, Diyorbakir viloyatlarida boʻlib, kutubxonalar, muzeylarda hamda Jaloliddin Manguberdi oʻldirilgan va dafn etilgan Hazro elchasidagi Ayn-Dor qishlogʻi, Silvan (Mayofariqin) shaharlarida oʻrganish ishlarini olib bordi. Ishchi guruh aʼzolarini Diyorbakir viloyati hokimi Vali Ali Ihsan Su hamda Silvan shahri hokimi Hasan Oʻgʻuz qabul qildi.

 

Hasan Oʻgʻuz Silvanda Jaloliddin Manguberdining ramziy maqbarasini qurishdan tashqari koʻchalaridan biriga Jaloliddin Manguberdi nomini berishni, uning nomi ostida xiyobon tashkil qilish rejasi haqida delegatsiya aʼzolariga gapirdi.

 

Jaloliddin Manguberdi dafn etilgan joy Silvan shahrining Burj ul-Malik qismida olib borilgan oʻrganishlar yuzasidan oʻzbek va turk olimlaridan iborat komissiya xulosasi tayyorlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//