Parkentda “yigit talashib urishgani” aytilgan qizlar janjaliga izoh berildi

Saqlash
21:28 / 22.11.2022 1654 0

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Parkent tumanida yosh qizlarning bir-birlarini urib janjallashgani aks etgan holat yuzasidan izoh berdi.

 

Mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan oʻrganildi. Maʼlum boʻlishicha, videodagi voqea 2022-yilning iyun oyida Parkent tumani 43-maktabning 2 nafar 2003 va 2004-yillarda tugʻilgan bitiruvchi (oʻquvchi) qizlari oʻrtasida kelib chiqqan. Shu kunga qadar ular yoki yaqinlari tomonidan ichki ishlar organlariga mazkur voqea bilan bogʻliq murojaat yoki ariza kelib tushmagan.

 

Voqea janjalni tomosha qilgan yigit (2002-yilda tugʻilgan S.Z.) tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib internet tarmoqlarida tarqatilgan.

 

Oʻrganish davomida ushbu shaxslarning xatti-harakatida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari boʻlgani sababli maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//