Jamiyat
Toshkentdagi xususiy maktabda oʻqituvchi oʻquvchiga kuch ishlatgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 11-noyabr kuni Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktablardan birida sodir boʻlgan.
5-sinf oʻquvchilari uchun oʻtilayotgan dars jarayonida oʻqituvchi 1989-yilda tugʻilgan A.N. oʻquvchilarga qoʻpol muomalada boʻlib, qoʻlini qayirib, qulogʻidan tortgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgani va tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112249
Jamiyat
94928
Jamiyat
91030
Jamiyat
75803
Jamiyat
//
Izoh yo‘q