Jamiyat
Bugun, 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Turkiy adabiyot namunalari” 100 jildlik majmuasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tashkil etildi.
Turkiy davlatlar hamkorligi kengashining 2019-yil 15-oktyabr kuni Ozarboyjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida oʻtkazilgan yettinchi sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turk dunyosi adabiyotining 100 jildlik toʻplamini tayyorlash taklif qilingan edi.
Ushbu toʻplam Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarboyjon hamda tashkilotga kuzatuvchi maqomida boʻlgan Turkmaniston va vengriyalik XI-XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar shoir, yozuvchi va mutafakkirlarning asarlaridan tashkil topgan.
Toʻplamni tayyorlashda 200 dan ortiq tarjimon, 100 dan ortiq adabiyotshunoslar, yozuvchilar jalb etildi. Toʻplam 200 ming tirajda chop etilishi moʻljallangan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q