Yangi jamgʻarma va departament tashkil etiladi

Saqlash
17:05 / 22.11.2022 1029 0

Prezident “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi

 

Qarorga koʻra, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida:

 

- Bolalar sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasi;

 

- Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti tashkil etiladi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kasaba uyushmalari aʼzolarining farzandlari dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yoʻllanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming soʻm), biroq yoʻllanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya toʻlanadi.

 

2023-yil 1-yanvardan:

 

- Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;


- Davlat organlari va tashkilotlari oʻz xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yoʻllanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yoʻllanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming soʻmdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.

 

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//