Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani «Qozoq Nayman” MFY aholisi qimorboz raisdan bezor boʻldi» sarlavhali xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-noyabr kuni Pastdargʻom tumani “Qozoq Nayman” mahalla raisi tomonidan Qimorxona ochganligi va mahalla ahliga hech qanday foydasi tegmaganligi toʻgʻrisida tanqidiy xabarlar eʼlon qilingan.
Mazkur holat viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining masʼul xodimlari tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish natijasida Mahalla raisining oʻz xohishi bilan ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ariza yozganligi aniqlanib, arizasiga binoan mahallada vakillar yigʻilishi oʻtkazildi.
Vakillar yigʻilishining qaroriga koʻra (Oʻzbekiston Respublikasining 350 sonli Qonunining 24-moddasi, 1-bandiga muvofiq) mahalla fuqarolar yigʻini raisining vakolati muddatidan oldin tugatildi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli D.Gapparova vaqtinchalik mahalla raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q