Jamiyat
Oʻzbek-xitoy vaksinasi Misrga sotilishi masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniya vitse-prezidenti Pu Szyan (XXR) va Misr sogʻliqni saqlash va aholishunoslik vaziri oʻrinbosari Muhammad Hassan ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtgan.
Unda ZF-Uz-VAC2001 vaksinasining Oʻzbekistonda III-bosqich klinik sinovlari muvaffaqiyatli oʻtkazilgani, hozirda vaksinani ishlab chiqarish jarayoni yoʻlga qoʻyilgani, mazkur tajriba Oʻzbekistonda turli xil yuqumli kasalliklarni oldini olishga qarshi yaratiladigan turli xil vaksinalarning yaratilishiga, ular ustida xalqaro miqyosda tadqiqotlar olib borishga zamin yaratishi taʼkidlangan. Xususan, ayni paytda Oʻzbekiston va Xitoyda Omikron-Delta shtammiga (yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlodi) qarshi yangi rekombinant oqsilli vaksinasining xalqaro klinik tadqiqotlari oʻtkazilayotgani aholi oʻrtasida koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozalari bilan emlanish darajasini oshishiga, aholi oʻrtasida kasallik qayta tarqalmasligiga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida Misr sogʻliqni saqlash va aholishunoslik vaziri oʻrinbosari Muhammad Hassan Misr yuqumli kasalliklar dasturi rahbari, tibbiyot sohadagi taniqli olimlardan biri boʻlib, u bilan Oʻzbek-Xitoy vaksinasini Misrda roʻyxatdan oʻtkazish va foydalanishga ruxsat berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q