Jamiyat
2022-yil 20-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻtkazgan oʻrtoqlik uchrashuvida stadiondagi bannerlarda noqonuniy ravishda bukmekerlik kompaniyasi reklamasi aylanib turdi.
Bu Oʻzbekistonning amaldagi qonun hujjatlariga zid va hatto maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladigan xatti-harakat hisoblanadi.
Xususan, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 46-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetdan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasi taqiqlanadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 176-sonli “Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni (shu jumladan bukmekerlik va totalizatorlar) tashkil etish va oʻtkazish taqiqlangan.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 191-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish, oʻtkazish uchun xizmat koʻrsatish yoki uni tarqatish – bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi.
Xuddi shunday harakatlar Jinoyat kodeksining 278-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, yaqinda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga koʻra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish, oʻtkazish hamda ularda ishtirok etish bilan bogʻliq noqonuniy faoliyat uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutilmoqda.
Isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish agentligi esa holatni oʻrganish va chora koʻrish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotganini bildirgan.
“Taʼkidlash joizki, mazkur oʻyin translyatsiyasidagi “FONBET” bukmekerlik xizmatlariga doir reklama haqida bir qator ijtimoiy tarmoqlarning sahifalarida ham tanqidiy postlar joylashtirilgan.
Agentlik tomonidan yuqoridagi holatni oʻrnatilgan tartibda oʻrganish va qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgani maʼlum qilinadi”, – deyiladi agentlik bayonotida.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q