Jahon
Takroriy COVID-19 oʻlim, kasalxonaga yotqizish va sogʻliq muammolari xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqda tuzalib ketgan 500 ming nafar bemorning holati tahlil qilingan yangi tadqiqotda qayd etilgan.
Virusni qayta yuqtirgan odamlarda oʻlim xavfi ikki baravar, kasalxonaga yotqizish xavfi esa uch baravarga oshadi. Shuningdek, ularda oʻpka va yurak, qon, buyrak, ruhiy salomatlik, suyaklar va mushaklar, nevrologik kasalliklar (60% ga) bilan bogʻliq muammolarni rivojlanish ehtimoli ortadi.
Koʻp hollarda sogʻliqdagi muammolari qayta infeksiyadan keyingi birinchi oyda kuzatiladi va 6 oydan keyin ham davom etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, emlanganlarga ham, emlanmaganlar ham xavf ostida.
Tadqiqot natijalari 2020-yil martidan 2022-yil apreligacha toʻplangan AQSH faxriylar ishlari departamenti maʼlumotlariga asoslanadi. Ular orasida bir marta kasallangan 443,6 ming nafar bemor hamda ikki va undan ortiq marta infeksiyani yuqtirgan 40,9 ming nafar bemor haqida maʼlumotlar mavjud. Shuningdek, kasal boʻlmagan 5,3 million kishining maʼlumotlari ham hisobga olingan. Maʼlumotlarning aksariyati erkaklarga tegishli.
Baʼzi ekspertlarning taʼkidlashicha, bu maʼlumotlar butun aholi boʻylab vaziyatni aks ettirmaydi. Nyu-Yorkdagi Weill Cornell tibbiyot kollejining mikrobiologiya va immunologiya professori Jon Murning soʻzlariga koʻra, Veterans Affairs tibbiyot muassasalariga kelgan bemorlar juda koʻp kasalliklarga chalingan keksa odamlardir.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q