Oʻzbekistonda Optometriya akademiyasi tashkil etiladi

Saqlash
20:57 / 21.11.2022 1198 0

AQSHning “Lions Eye Institute: for transplant and research” xalqaro instituti, Oʻzbekiston Oftalmologlar assotsiatsiyasi va DMS innovatsion klinikasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Memorandum negizida, Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston Oftalmologlar assotsiatsiyasi hamkorligida, Doktor Maksudova Innovatsion klinikasi qoshida «Optometriya akademiyasi va innovatsion oʻquv markazi» tashkil etiladi.

 

Ushbu Akademiya “Lions Eye Institute: for transplant and research” xalqaro institutining Markazi Osiyo mintaqasi boʻyicha vakili, hamda, ilmiy-tadqiqot va kadrlar tayyorlash markazi deb tanlanadi.

 

“Lions Eye Institute: for transplant and research” instituti – AQSHda tashkil topgan, 40 yillik tajribaga ega, oftalmologiya va transplantologiya sohasida innovatsion yechimlar va gʻoyalarni ilgari suradigan, dunyoning eng ilgʻor ilmiy tadqiqot institutidir.

 

Optometriya innovatsion oʻquv akademiyasining asosiy maqsadlari bu – oʻquv yoʻnalishlarini kengaytirish, oʻquv va malaka oshiruv innovatsion metodlarini tatbiq etish, bolalarga erta tashxis qoʻyish uchun bolalar shifokorlarini optometriyada oʻqitish va tayyorlash, davolashning yangi metodlarini oʻrgatish, transplantalogiya va jarrohlikni oʻqitish, malaka oshirishda innovatsion simulyatsion oʻquv uskunalaridan keng foydalanishdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//