Surxondaryoda qishloq aholisi yoʻlni toʻsib qoʻydi

Saqlash
20:47 / 21.11.2022 1237 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida avtomobil yoʻli mahalliy aholi tomonidan toʻsib qoʻyilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi munosabat bildirdi. 

 

Unga koʻra, Jarqoʻrgʻon tumani markaziga olib boruvchi 4R-100b avtomobil yoʻli yuk koʻtarish qobiliyati bir oʻqqa tushadigan tegishli meʼyoriy ogʻirlikdan ogʻir boʻlgan yuk avtomobillarining muntazam ravishda harakatlanishi oqibatida taʼmirtalab holatga kelib qolgan.

 

Maʼlum qilinishicha, hozirda tuman “Yoʻllardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan birinchi navbatda ushbu avtomobil yoʻlida transport vositalarining harakat xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlash choralari koʻrilgan.

 

Viloyat avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar masʼullari esa aholi vakillari bilan uchrashib, 4R-100b avtomobil yoʻlining 0-11 km qismini taʼmirlash ishlari 2023-yil birinchi choragida amalga oshirilishi belgilanganligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishgan.

 

Qayd etilishicha, aholining noroziligiga sabab boʻlgan ushbu masala Surxondaryo viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//