Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlari maʼlum qilindi

Saqlash
18:39 / 21.11.2022 971 0

Oʻzgidromet markazi hafta davomida 21-noyabrdan 25-noyabrgacha boʻlgan davrdagi ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

 

Dushanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining baʼzi joylarida frontal bulutli chiziqlar oʻtishida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

 

Kunduzi havo harorati +13…+15 daraja, janubda +18…+21 daraja atrofida boʻladi.

 

Seshanba kunidan ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni +6…+8 darajaga koʻtariladi. Shuningdek, seshanba kuni kunduzi harorat +15…+17 darajagacha, soʻng esa +18…+20 daraja, ayrim joylarda esa +23 darajagacha koʻtariladi.

 

Respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga oʻtar kechasi biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻlarda yogʻingarchilik boʻladi.

 

21−22-noyabrda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor, respublikaning ayrim joylarida shamol 15−20 m/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//