Madaniyat
Jamoatchilik faoli Lola Sayfi feysbukdagi sahifasida Bekoboddagi Madaniyat uyi supermarket uchun ijaraga berilganini maʼlum qilib, buni tasdiqlovchi suratlar bilan boʻlishdi.
“Bekobod shahridagi Madaniyat uyi “Havas” supermarketiga ijaraga berildi. Ularning nima qilishganini koʻring! Oʻzbekistonga shundoq ham madaniyat yetishmaydi, lekin uni bunchalik darajada oyoq osti qilish, bu endi haddan oshishdir.
Nima boʻlganda ham madaniy merosni himoya qilish va uni saqlashga qaratilgan qonunlarga rioya qilish kerak. Nahotki, “Havas” uchun boshqa bino topilmagan boʻlsa? Nahotki, Bekobodga Madaniyat uyi kerak emas?”, deb yozadi Lola Sayfi.
Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy bayonot berdi. Quyida ushbu bayonot toʻliqligicha taqdim etiladi:
“Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli boʻlgan “Bekobod sement madaniyat uyi” binosining tashqi koʻrinishi oʻzgartirilgani muhokama qilinmoqda.
Madaniy meros agentligi ushbu bino madaniy meros obyekti sifatida qayd etilmaganini maʼlum qiladi. Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli boʻlgan “Bekobod sement madaniyat uyi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019-yildagi 846-sonli qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida roʻyxatga olinmagan.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozim Madaniy meros agentligi oʻz tizimidagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, muzeylar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, viloyatimizdagi madaniy boyliklarni aniqlash, muhofaza qilish va toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi”.
Bekobod shahri hokimligining oyina.uzʼga maʼlum qilishicha, mazkur bino kinoteatr vazifasini bajargan va uzoq vaqtdan beri qarovsiz ahvolda boʻlgan. “Bekobod sement AJ” binoni foydalanish uchun doʻkonlar tarmogʻiga ijaraga bergan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q