Siyosat
Qozogʻistonda 20-noyabr kuni oʻtkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovining natijalari eʼlon qilindi.
Unga koʻra, saylovda gʻalaba qozongan Qosim-Jomart Toʻqayev 82,45 foiz ovoz toʻplagani maʼlum boʻldi. U boshqa nomzodlarni juda katta farq bilan ortda qoldirgan.
Maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda roʻyxatga olingan saylovchilarning 68,7 foizi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etgan.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toʻqayevni umumxalq saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi.
21-noyabr kuni telefon orqali oʻtkazilgan muloqotda Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, Qosim-Jomart Toʻqayev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti lavozimini 2019-yildan buyon egallab keladi. U ushbu lavozimda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning oʻrnini egallagandi.
2022-yilning yanvar oyida mamlakatda sodir boʻlgan voqealar ortidan konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, davlat rahbari bir marta 7 yilga saylanishi belgilandi. Shu sababdan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi oʻtkazildi. Endilikda Toʻqayev 2029-yilgacha Qozogʻistonni boshqaradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q