Jamiyat
Prezidentning “Toʻmaris” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan “Toʻmaris” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.
“Toʻmaris” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Koʻkrak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ularning topshirigʻiga muvofiq, boshqa masʼul shaxslar) tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Qayd etilishicha, mazkur koʻkrak nishon Oʻzbekiston mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni asrashga munosib hissa qoʻshayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q