Yashnobodda daraxt kesganlardan 3,5 mlrd soʻmdan koʻproq mablagʻ undirildi

Saqlash
17:50 / 20.11.2022 1458 0

Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Yashnobod tumani, Iltifot koʻchasi 29 uy manzilida 105 ta daraxtni noqonuniy kesib tashlagan “Yangi zamon bino” MCHJdan yetkazilgan zarar hamda moliyaviy jarima sifatida hisoblangan jami 3 mlrd 514 mln 200 ming soʻm miqdoridagi mablagʻ naqd pul shaklida undirildi.

 

 

Shuningdek, prokuratura talabi bilan daraxtlar kesib tashlangan ushbu qurilish maydoni oʻrnida MCHJ tomonidan 200 tup noyob va qimmatbaho manzarali daraxtlar keltirilib ektirilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, holat yuzasidan prokuratura tomonidan MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 198-moddasi 3-qismi hamda boshqa, jumladan ekologiya xodimlariga qarshilik koʻrsatib, kuch ishlatgani boʻyicha JK 219-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qonunbuzar tadbirkordan qurilish uchun ajratilgan yer maydonini davlat zaxirasi qaytarish choralari ham koʻrilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//